date
views 127

FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston milliy jamoasi bir pog‘ona yuqoriladi

FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston milliy jamoasi bir pog‘ona yuqoriladi
Foto: “O‘FA”
Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) sentyabr oyi uchun milliy jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnidan 1 pog‘ona yuqorilab, 60-o‘rindan joy oldi. Jamoa hozirda 1413,06 ochko to‘plab, Osiyoning 8-jamoasi bo‘lib turibdi. Osiyoda kuchli uchlikdan Yaponiya, Eron va Koreya Respublikasi joy olgan.

Foto: FIFA
Reytingning eng yuqori o‘rnida amaldagi Jahon chempioni Argentina jamoasi o‘rin olgan. Keyingi o‘rinlarda Fransiya hamda Ispaniya termalari joylashgan.

Foto: FIFA
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston so‘nggi FIFA kunlarida ikkita uchrashuvda maydonga tushdi. KXDR jamoasi bilan (1:0) Toshkentda, Qirg‘iziston milliy jamoasi bilan (2:3) Bishkekda uchrashgan O‘zbekston milliy jamoasi ikki bahsda ham g‘alaba qozondi.

10 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Eronga qarshi Toshkentda bahs olib boradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA reytingi yangilandi. O‘zbekiston milliy jamoasi bir pog‘ona yuqoriladi