date
views 68

Superliga. “Neftchi” “Qizilqum”ga qarshi bahsda jangovar durang qayd etdi

.Superliga. “Neftchi” “Qizilqum”ga qarshi bahsda jangovar durang qayd etdi
Foto: “Neftchi”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-tur o‘yinlari 19 sentyabr, payshanba kuni start oldi.

Turning ilk o‘yini “Neftchi” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida Bilolxon Toshmirzayev penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 21-daqiqada esa Javohir Qahramonov esa farg‘onaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, Samandarjon Shukurullayev hisobni qisqartirdi. Birinchi bo‘lim 2:1 hisobi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda esa “Qizilqum” muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 70-daqiqada Elguja Lobjanidze penaltini aniq amalga oshirdi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Superliga
19-tur

19 sentyabr, payshanba

“Neftchi” – “Qizilqum” 2:2
Gollar
: Bilolxon Toshmirzayev, 11 pen (1:0), Javohir Qahramonov, 21 (2:0), Samandarjon Shukurullayev, 27 (2:1), Elguja Lobjanidze, 70 pen (2:2).

“Neftchi”: 45.Akbar To‘rayev (1.Botirali Ergashev, 72), 4.Boyan Siger, 8.Sardor Abduraimov (20.Anvarjon G‘ofurov, 72), 10.Shoxruz Norxonov, 11.Javohir Qahramonov, 21.Muxsinjon Ubaydullayev, 24.G‘ulom-Haydar G‘ulomov, 30.Quvondiq Ro‘ziyev, 70.Abbosjon G‘ulomov, 77.Bilolxon Toshmirzayev, 99.Nsungusi Effiong.

“Qizilqum”: 12.Robert Ozols, 4.Ilhomjon Vaxobov, 6.Asror G‘ofurov, 10.Elguja Lobjanidze, 13.Nikolay Tarasov, 17.Muhammadali G‘iyosov, 18.Baxtiyorjon Qosimov (8.Giorgi Kuxianidze, 46), 22.Shaxzodbek Rahmatullayev, 23.Samandar Shukurullayev, 25.Azizbek Usmonov (2.Farrux Jo‘rayev, 46), 77.Fayzullobek Jumanqo‘ziyev.

Ogohlantirish: Samandar Shukurullayev (41).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Neftchi” “Qizilqum”ga qarshi bahsda jangovar durang qayd etdi
-->