
Foto: Uzchess
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tayotgan butunjahon shaxmat Olimpiadasida 10-tur bellashuvlari bugun, 21 sentyabr kuni yakunlandi.
Turning markaziy bahslaridan birida O‘zbekiston erkaklar jamoasi Xitoy bilan bahs olib bordi. Nodirbek Abdusattorovning durangi bilan boshlangan qarama-qarshilik yakunda o‘zbekistonliklarning mag‘lubiyati bilan tugadi. Shamsiddin Vohidovning g‘alabasi yakunda hech narsani hal qilmadi.
Erkaklar:
O‘zbekiston — Xitoy 1,5:2,5
- Nodirbek Abdusattorov — Ding Liren 0,5 : 0,5;
- Nodirbek Yakubboyev — Yi Vei 0:1;
- Javohir Sindorov — Yangyi Yu 0:1;
- Shamsiddin Vohidov — Yue Vang 1:0.
O‘zbekistonlik qizlar jamoasi Angliya ustidan g‘alaba qozondi. Nodira Nodirjonova hamda Umida Omonova raqiblari ustidan g‘alaba qozondi. Nilufar va Afro‘za durangga imzo chekdi.

Foto: Uzchess
Qizlar:
O‘zbekiston — Angliya 3:1
- Afro‘za Hamdamova — Lan Yao 0,5 : 0,5;
- Nilufar Yakubboeva — Yovanka Ouska 0,5 : 0,5;
- Umida Omonova — Katarina Toma 1:0;
- Nodira Nodirjonova — Bodana Vivanandan 1:0.
Musobaqa yakuniga 1 ta tur qolganida Hindiston terma jamoasi AQSH jamoasini yengib ochkolar sonini 19 taga yetkazib oldi va muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston jamoasi bronza medalini qo‘lga kiritish imkonini saqlab turibdi.

Foto: Chess
Qizlar jamoasi g‘alabadan so‘ng 18-o‘ringa joylashdi. Ular hisobida 14 ochko mavjud. Turnir jadvalida Hindiston jamoasi yetakchilik qilmoqda. Qo‘shni Qozog‘iston qizlari ham musobaqa g‘olibi bo‘lish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

Foto: Chess
Ertaga, 22 sentyabr kuni musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar