10:50 / 22.09.2024
52

Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi

Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi
Foto: Richard Pelham/Getty Images
22 sentyabrga o‘tar kechasi Londondagi «Uembli» o‘yingohida katta professional boks kechasi o‘tkazildi, undagi asosiy voqea superog‘ir vazn toifasida yulduz Entoni Joshua va Britaniyaning yana bir vakili Daniel Dyubua o‘rtasida titul uchun kechgan jang bo‘ldi. Bu to‘qnashuvni jonli kuzatish uchun arenaga 96 ming muxlis yig‘ildi.

Dyubua uchun bu IBF kamarini ilk bor himoya qilishi bo‘ldi, bu kamar bir necha oy oldin Aleksandr Usikka tegishli edi. Bir yildan ortiqroq vaqt muqaddam Daniel unga texnik nokaut bilan yutqazgandi, ammo shundan keyin ikki jangida ishonchli g‘alabaga erishgan. U avvaliga ulkan gavdali Jarrell Millerni yo‘ldan oldi, keyin esa istiqbolli xorvat Filip Xrgovichdan ustun keldi. Bu ikki bokschi ham Dyubua bilan uchrashgunicha professional faoliyatida yutqazmagandi.

Joshua ham Usikka yutqazgan, hatto ikki marta. Va shundan keyin Ey Jey superyulduz maqomiga qaramay, titul janglarda ko‘rinish bermagandi. Bu vaqt ichida Entoni to‘rt jangdan iborat g‘alabali seriya qayd etib, Jermeyn Franklin, Robert Helenius, Otto Vallin va Frensis Ngannu kabi raqiblarni mag‘lubiyatga uchratdi. Ulardan oxirgisi umuman qo‘rqinchli nokautga uchradi va bu bilan Joshua qo‘llarining kuchi haqida hammaga yana bir bor eslatib qo‘ydi. Shunga qaramay, Ey Jeyning chempionlik poygasiga qaytishi borasida xavotirlar bor edi. Va Dyubua bilan jang ko‘p savollarga javob qaytarishi kutilayotgandi.

Dyubua pressing bilan boshladi va bir necha xavfli hujumlar uyushtirdi, jeblardan keyin zarbalar almashuviga kirishdi. Joshua o‘ziga xos «ikkitalik» zarbalar bilan jang qildi va hech qayerga shoshilmasdan, raqib ishlashiga imkon berdi. Birinchi raund oxirida Ey Jey raqibni o‘rganib bo‘lgandek va Danielni yiqitadigandek ko‘rina boshladi, ammo gong chalinishi arafasida jag‘iga kuchli overhend o‘tkazib yubordi va o‘tirib qoldi — nokdaun! Dyubua ikkinchi raundning ilk soniyalaridan muvaffaqiyatini rivojlantirish uchun oldinga tashlandi va yana Joshuani qiynab tashladi, ammo u klinchga kirishib, o‘zini qutqarishga harakat qildi. Daniel esa kuchli bosim uyushtirib, har bir hujumini kuchli o‘tkazdi. Va Entoni unga qarshi nima qilishni bilmasdan, barcha zarbalarni o‘tkazdi.

Faqat uchinchi raundga o‘tib Ey Jey ozroq o‘ziga keldi va jeb zarbalari bilan raqibning himoyasini sinovdan o‘tkazib, tashabbusni o‘z qo‘liga olishga harakat qildi. Lekin Dyubuaning har bir javobi unga tahdid solar va uchinchi raund yakunlanishi arafasida Joshua yana bir kuchli raundni o‘tkazib yubordi, buning ustiga oyog‘ini qayirib oldi va yana nokdaun holatiga tushdi! Va to‘rtinchi raund startida — Ey Jey yana yiqildi. Keyin esa yana bir bor va referi jang yakunlangani haqidagi signalga o‘xshovchi jestni ko‘rsatdi, ammo uning bu ishorasi to‘rtinchi nokdaun yo‘qligi haqida edi. Va Joshua yana bir bor qutulib qoldi.

Beshinchi raund esa yakun bo‘ldi. Nafaqat jangning, balki amalda o‘z vaqtida bir necha kamarlarga egalik qilgan Joshuaning yulduzli onlariga va faoliyatiga ham. Lekin bu vaziyatda Joshua jang davomida ilk bor aniq va kuchli zarba yo‘llagandi — va Dyubua chayqalib ketdi. Ey Jey esa hujumni davom ettirdi, ammo o‘ng huk zarbasini o‘tkazib yubordi va quladi, bu safar o‘rnidan tura olmadi.

Bu Joshuaning o‘ta yomon jangi va hafsalani pir qilishi bo‘ldi. Dyubuaga ko‘pchilik ishonmagandi, ammo u ringda kichik mo‘jiza ko‘rsatib, bir vaqtlar elita darajasidagi chempion bo‘lgan raqibni shunchaki yanchib tashladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Entoni Joshua titul uchun jangda bir necha bor polga quladi