12:15 / 26.09.2016
6 273

O‘zbekistonlik dzyudochi Xorvatiyada o‘tgan musobqaning bronza medal sohibi bo‘ldi

O‘zbekistonlik dzyudochi Xorvatiyada o‘tgan musobqaning bronza medal sohibi bo‘ldi

23−25 sentyabr kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida Gran-pri doirasida dzyudo bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Mukofot puli 100 ming dollar bo‘lgan musobqada 31 mamlakatdan 229 nafar sportchi ishtirok etdi. Bu haqda "Kun" xabar berdi.

O‘zbekiston termasi mazkur musobaqaga uch nafar sportchisi — Muhammadlaziz Qayumov (73 kg.gacha), Suhrob Tursunov (73 kg.gacha) va Erbol Rustamov (90 kg.gacha) bilan qatnashdi.

Qayumov va Rustamovlar saralash raundidan o‘ta olishmadi. Biroq Suhrob Tursunov musobaqaning bronza medaliga sazovar bo‘ldi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda u kosovalik sportchi Akil Gayakov bilan kuch sinashdi. U raqibini elkadan irg‘itish – “ura-nage” uslubi bilan mag‘lub etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik dzyudochi Xorvatiyada o‘tgan musobqaning bronza medal sohibi bo‘ldi