date
views 79

Rasman: Pyanich — “SSKA” futbolchisi

Rasman: Pyanich — “SSKA” futbolchisi
Roma”, “Yuventus” va “Barselona” klublarining sobiq futbolchisi Mirolim Pyanich Rossiyaning “SSKA” klubiga o‘tdi.

Moskva jamoasi 34 yoshli futbolchining transferini e’lon qildi. Pyanich yangi jamoasi bilan 1+1 ko‘rinishidagi shartnoma imzoladi. Mirolim 15-raqamni tanladi.

Avvalroq, Pyanich yiliga 1 million yevro va chempionlik, Rossiya Kubogidagi g‘alabadan 150 ming yevro bonus sifatida olishi aytilgandi.

Bosniyalik futbolchi o‘tgan mavsum “Sharja” safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Mirolim Pyanich 1990 yilda tug‘ilgan. Faoliyatining katta qismini Italiya klublarida o‘tkazgan. 2011—2020 yillar davomida Pyanich “Roma” va “Yuventus” klubida o‘tkazgan. Shundan so‘ng “Barselona” klubida ikki yil davomida 19 uchrashuvda maydonga tushgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasman: Pyanich — “SSKA” futbolchisi