19:15 / 28.09.2024
3

Superliga. “Nasaf” safarda “Bunyodkor” bilan durang qayd etdi

Superliga. “Nasaf” safarda “Bunyodkor” bilan durang qayd etdi
Foto: “Nasaf”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan o‘yin 28 sentyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Nasaf” safarda “Bunyodkor” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa qarshiliklar futbolchisi Zoran Marushich hisobni ochdi. 64-daqiqada esa Marko Stanoyevich penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 65-daqiqada Luis Kachchori hisobni qisqartirdi. 69-daqiqada esa Sharof Muhiddinov qizil olib, maydonni tark etdi va “Nasaf” buyog‘iga bir kishi kam bo‘lib qoldi.

77-daqiqada Usmonali Ismonaliyev muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin durang natija bilan yakunlandi.

Superliga
20-tur

28 sentyabr, shanba

“Bunyodkor” – “Nasaf” 2:2
Gollar
: Zoran Marushich, 47 (0:1), Marko Stanoyevich, 63 pen (0:2), Luis Kachorri, 65 (1:2), Usmonali Ismonaliyev,77 (2:2).

“Bunyodkor”: 13.Hamidullo Abdunabiyev, 4.Najmiddin Normurodov, 5.Momchilo Rasho, 6.Boburbek Yo‘ldoshev (8.Frane Chiryak, 62), 10.Rasul Yo‘ldoshev, 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 22.Usmonali Ismonaliyev, 25.Itsuki Urata, 41.Andriya Filipovich (7.Shohboz Jo‘rabekov, 90), 57.Amir To‘raqulov, 77.Muzaffar Olimjonov (74.Luis Kachorri, 62).

“Nasaf”: 35.Abduvohid Ne’matov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 14.Sharof Muhiddinov, 19.Stefan Cholovich (6.Murodbek Rahmatov, 81), 22.Igor Golban, 28.Shuhrat Muhammadiyev (4.Dilshodjon Komilov, 81), 32.Zoran Marushich (10.Bobir Abdixoliqov, 81), 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov ( 9.Javohir Sidiqov,86), 88.Marko Stanoyevich (70.Jambuli Jigauri.86).

Ogohlantirish: Sharof Muhitdinov (40).
Chetlatish: Sharof Muhitdinov (69).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. “Nasaf” safarda “Bunyodkor” bilan durang qayd etdi
ePN