date
views 217

Birgina ayol butun boshli "Roma"ning rejalarini buzib tashladi

Birgina ayol butun boshli "Roma"ning rejalarini buzib tashladi
"Roma" bosh direktori Lina Souluku nima sababdan ishdan ketgani ma’lum bo‘ldi.

Rimliklar hujumchisi Paulo Dibalaning Saudiya Arabistoni klubiga transferi bekor bo‘lganidan xafa bo‘lgan Lina Souluku jamoa bosh murabbiyi Daniele De Rossiga argentinalik futbolchini asosiy tarkibga kiritishni taqiqlab qo‘yadi. Murabbiy esa ayol rahbarning gapiga kirmay, bilganini qilishda davom etdi.

"Roma" bosh direktori javob tariqasida klub egalariga futbolchilar bosh murabbiyning iste’fosini so‘rayotgani haqida yolg‘on ma’lumot beradi. Ayolning yolg‘oni tezda fosh bo‘ldi. Futbolchilar De Rossi iste’fosidan keyingi kunning tongida klub egalari oldiga kelib, murabbiy nega ishsiz qolganini so‘rashdi va barchasidan boxabar bo‘lishdi.

Klub egalari haqiqatni bilgach Soulukuni haydab yuborishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Birgina ayol butun boshli "Roma"ning rejalarini buzib tashladi