08:52 / 30.09.2024
25

Osiyo Kubogi U-20 saralashi. O‘zbekiston barcha o‘yinda g‘alaba qozonib final bosqichiga yo‘l oldi

Osiyo Kubogi U-20 saralashi. O‘zbekiston barcha o‘yinda g‘alaba qozonib final bosqichiga yo‘l oldi
Foto: “O‘FA”
O‘zbekiston U-20 jamoasi Osiyo Kubogi saralashdagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi va 12 ochko bilan musobaqaning final bosqichiga yo‘l oldi.

Farhod Nishonov shogirdlari so‘nggi turda Bahrayn darvozasiga 5 ta gol urdi. 4 ta turda O‘zbekiston jamoasi 21 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va bir bora o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.

Foto: Wikipedia
Ikkinchi o‘rindagi Kambodja va Bahrayn jamoalari 6 ochko to‘pladi. Nepal jamoasi uch ochko bilan 4-o‘rinni oldi. Xitoy Taypeyi barcha o‘yinlarda mag‘lub bo‘ldi. Ushbu guruhdagi O‘zbekistondan boshqa barcha jamoa musobaqaning final bosqichiga chiqa olmadi.

Osiyo Kubogi U-20 saralashi
B guruhi

29 sentyabr, yakshanba

O‘zbekiston — Bahrayn 5:0
Gollar: 1:0 — Dilshod Abdullayev (25), 2:0 — Muhammadali O‘rinboyev (61), 3:0 — Nurlan (80) Ibraimov, 4:0 — (86), 5:0 — Daler Tuxsanov (89).

O‘zbekiston: Samandar Muratbayev, Saidxon Hamidov, G‘iyos Rizaqulov, Aziz To‘lqinbekov, Ravshan Xayrullayev, Saidumar Saidnurullayev, Muhammadali O‘rinboyev, Asilbek Jumayev, Rustam Fomin, Dilshod Abdullayev, Laziz Mirzayev.
Zaxira: 1. Husniddin Ne’matov, 12. Muhammadyusuf Sobirov, 3. Meyirbek Rejabaliyev, 7. Daler Tuxsanov, 8. Amirbek Saidov, 11. Murodjon Komilov, 13. Behruz Jumatov, 14. Nurlan Ibraimov, 16. Muhammadali Reimov, 17. Ollobergan Karimov, 18. Narimonjon Ahmadjonov, 23. Abdug‘afur Haydarov.

Chetlatish: Bahrayn darvozaboni (66)

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi U-20 saralashi. O‘zbekiston barcha o‘yinda g‘alaba qozonib final bosqichiga yo‘l oldi
ePN