22:58 / 30.09.2024
4

Elit Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” safarda “Persepolis” bilan durang o‘ynadi

Elit Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” safarda “Persepolis” bilan durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha Elit Chempionlar Ligasining 2-tur o‘yinlari 30 sentyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Paxtakor” safarda “Persepolis” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq Ali Alipur burchak zarbasidan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Birinchi bo‘limda Eron klubi ustunlik qildi.

Ikkinchi bo‘limda esa “sherlar” faolroq harakat qilib, 59-daqiqaga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Dragan Cheran gol muallifiga aylandi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, “Persepolis” tarkibida o‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov to‘p suradi. Oston o‘yinning 70-daqiqasida maydonga tushirildi.

1-turda “Paxtakor” “Al-Vasl”ga 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Elit Chempionlar Ligasi
2-tur bahsi

30 sentyabr, dushanba

“Persepolis” – “Paxtakor” 1:1
Gollar
: 1:0 — 1 Alipur, 1:1 — 59 Cheran.

“Persepolis”: 1.Gendus, 11.Ahmadzoda (27.Mehri, 58), 9.Alipur (31.Joao, 58), 19.Amiri (10.Alkasir, 69), 20.El Amlud, 30.Gvelesiani, 6.Kanaani, 77.Xodabandelu (21.Sadegi, 46), 4.Muhammadi, 7.Rafei (70.Oston O‘runov, 69), 5.Rigi.

“Paxtakor”: 12.Vladimir Nazarov, 7.Hojiakbar Alijonov, 3.Shahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullayev, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Bo‘riyev, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 17.Doston Hamdamov (11.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 73), 30.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (99.Ulug‘bek Hoshimov, 73), 10.Dragan Cheran (40.Kimi Merk, 84).

Ogohlantirishlar: Otabek Jo‘raqo‘ziyev (3), Xodabandelu (23), Doston Hamdamov (45+1).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Elit Chempionlar Ligasi. “Paxtakor” safarda “Persepolis” bilan durang o‘ynadi
ePN