
Futzal bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Paulo Rikardo Kaka JCH-2024 1/4 finali doirasidagi Argentinaga qarshi o‘yin (1:6) haqida fikr bildirdi.
"O‘ylaymanki, biz bugun harakatimizga yarasha natijaga erishdik. Argentina juda tartibli va yaxshi o‘ynadi.
Futzalda hayot shunday – bugun sen zo‘rsan, uch kundan keyin esa yo‘q. Mag‘lubiyatni butunlay o‘zim bo‘ynimga olaman, chunki jamoani o‘yinga to‘g‘ri tayyorlay olmadim, o‘yinchilarga to‘g‘ri yondashuv va so‘z topa olmadim.
Menimcha, bu jamoamizning eng yomon o‘yinlaridan biri bo‘ldi, buni jamoa bosh murabbiyi sifatida tan olaman. Muxlislarimiz umidlarini oqlay olmadik. Biz ishlashda davom etamiz, hayot bu bilan to‘xtab qolmaydi.
Futbolchilar individual xatoga yo‘l qo‘yishmadi. Shogirdlarim shunday o‘yin ko‘rsatishgani uchun men tanqidlarga loyiqman. Futbolzalchilarda ayb yo‘q, men liderman va bularning barchasiga men javobgarman. Bizning mentalitetimiz bu turnirda g‘alaba qozonishga tayyor emasdi", – dedi Kaka. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar