21:56 / 05.10.2024
49

"Andijon" bosh murabbiyi: "Mulislar bo‘lmaganda, bugun bunday g‘alaba bo‘lmas edi"

"Andijon" bosh murabbiyi: "Mulislar bo‘lmaganda, bugun bunday g‘alaba bo‘lmas edi"
"Andijon" O‘zbekiston kubogi finalida "Navbahor"ni mag‘lub qilib, o‘z tarixida ilk bora sovrinni qo‘lga kiritdi. O‘yindan keyin Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi:

- Juda ham baxtliman. Shogirdlarimni maydonda jang qilgani uchun tashakkur. Ishqibozlarimiz bo‘lmaganda, bugun bunday g‘alaba bo‘lmas edi.

"Andijon" uchun qaysi voqea o‘yinni burib yuborish nuqtasi bo‘ldi?
- Kecha kuchli va kuchsiz tomonlarimizni yaxshi bilar edik. Birinchi o‘tkazib yuborgan golimiz rejamizga salbiy ta’sir qildi. Kamida 70 daqiqaga qadar tenglikni ushlab turmoqchi edik. Asosiy vaqt tugagach, penalti uchun o‘ynamoqchi emas edik. Biz 3 ta standartdan gol urdik, ammo g‘oliblar muhokama qilinmaydi.

G‘alabani kimga bag‘ishlaysiz?
- 15 yildan beri O‘zbekistonda ishlayman. Bu g‘alabani Andijon futboliga bag‘ishlayman. Menga bu jamoani boshqarish imkoniyati berildi. Bizni homiylarimiz va viloyat hokimiga tashakkur. G‘alabani aynan Andijon viloyatiga bag‘ishlayman.

Bugun omad keldimi?
- Futbolda omad bo‘lmaydi. Mehnat ortidan keladi hammasi. Bu g‘alaba bizni qanday holatga olib chiqqanini yaxshi bilamiz. Bugun nishonlaymiz xolos, ikki kundan keyin "Surxon" bilan o‘rtoqlik o‘yinida tushamiz. Uzoq xursand bo‘lishga hozir vaqt yo‘q.

Bugungi uchrashuv eng muhim bahsmi?
- Men uchun tarixiy o‘yin. Bu meni birinchi ilk katta g‘alabam. Endi faxrlanishga loyiq narsaga ega bo‘ldim. 15 yillik mehnatim samarasi borligidan xursandman.

Bu yilni eng yaxshi o‘yinimidi?
- To‘g‘risi, ich ichimdan hammasi yaxshi bo‘lishini his qildim. Hozir emotsiyada taktika haqida nimadir deyish qiyin. Biz o‘zgarishlar yordamida o‘yinni burdik. Bugun yigitlar oldida ishtiyoq uchun shlyapamni yechaman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Andijon" bosh murabbiyi: "Mulislar bo‘lmaganda, bugun bunday g‘alaba bo‘lmas edi"