
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligiga nomzodlardan biri. Mankunianliklar rahbariyati amaldagi bosh murabbiy Erik ten Xag o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan mutaxassisni qidirmoqda. Boisi niderlandiyalik murabbiy tez orada ishdan bo‘shatilishi mumkin.
Managing Barca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Xavi "qizil iblislar"ning asosiy ro‘yxatiga kiritilgan. Manbaning yozishicha, "Manchester Yunayted"ning xo‘jayinlaridan biri Jim Retkliff ispaniyalik mutaxassisni yaxshi ko‘radi va agar jamoaning hozirgi murabbiyi ishdan bo‘shatilsa, ushbu lavozimga aynan Xavini o‘tishga ko‘ndirishga harakat qiladi.
Xavi Ernandes bundan avval "Barselona"da ishlagan va o‘tgan mavsum yakunida iste’foga chiqarilgan.
"Manchester Yunayted" ortda qolgan 6 turda 7 ochko jamg‘ardi va musobaqa jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Xavi ErnandesManchester YunaytedBarselona MurabbiyiQizil IblislarFutbol YangiliklariAPL Grandlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing