date
views 99

Karvaxalni “sindirgan” raqibi unga murojaat qildi...

Karvaxalni “sindirgan” raqibi unga murojaat qildi...
Ispaniya chempionatining 9-turida “Real” o‘z maydonida “Vilyarreal” ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Biroq bu g‘alaba madridliklarga qimmatga tushdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida “Real” sardori Daniel Karvaxal to‘p uchun kurashda raqib futbolchisi Yeremi Pino bilan to‘qnashdi.

Karvaxal og‘riqning zo‘ridan baqirib, maydonga quladi, uni maydondan zambilda olib ketishdi.

21 yoshli Yeremi Pino uchrashuvdan keyin “Real”ning kiyim almashtirish xonasiga borib, Karvaxalga uchrashdi va undan ko‘ngil so‘radi.

Keyinroq Yeremi Pino ijtimoiy tarmoq orqali raqibiga murojaat yo‘lladi. - Senga kuch-quvvat tilayman, kapitan, - deb yozdi Yeremi Pino.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Karvaxalning tizzasidan olgan jarohati ancha jiddiy va uzoq vaqt davolanishiga to‘g‘ri keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karvaxalni “sindirgan” raqibi unga murojaat qildi...