
Futzal bo‘yicha JCH finalidan o‘rin olgan Braziliya – Argentina (2:1) uchrashuvidan keyin argentinalik futzalchilar Nikolas Sarmiyento va Konstantino Vaporaki fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu biz kutgan medal emas edi, afsuski. Bizning asosiy maqsadimiz ushbu musobaqada g‘alaba qozonish edi. Braziliyani g‘alaba bilan tabriklayman. Biz qo‘limizdan kelgan barchasini qildik. Yetarlicha hujumlar qildik, ammo to‘p darvozaga kirishni istamadi. Ketma-ket uchinchi mundial finalida ishtirok etmoqdamiz. Bu men uchun uchinchi Jahon chempionati bo‘ldi.
Argentina sharafini himoya qilayotganimdan juda mag‘rurman, afsuski, bugun g‘alaba qozona olmadik, lekin biz bosib o‘tgan yo‘l maqtovga loyiq deb o‘ylayman. Jamoamizni tanqid qilish o‘ta noto‘g‘ri ish", – deya fikr bildirdi darvozabon Nikolas Sarmiyento.
"Bugungi o‘yin natijasini kichik detallar hal etdi. So‘nggi soniyalarga qadar kurashdik va durang qayd etishga intildik. Afsuski, biz ko‘zlagan natija qayd etilmadi va raqib jamoa g‘olib bo‘ldi. Braziliyani chempionlik bilan tabriklayman.
Braziliya chempionlikka munosib jamoa edi. Final bahsida bizga biroz omad va diqqat-e’tiborli bo‘lish yetishmadi. Ayniqsa, o‘tkazib yuborgan gollarimizda e’tiborliroq bo‘lishimiz kerak edi. So‘nggi daqiqada gol urdik va hisobni tenglashtirishga harakat qildik, ammo buni uddalay olmadik. Barchaga rahmat. Bu ajoyib mundial bo‘ldi", – dedi Konstantino Vaporaki. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar