
Xabaringiz bor, O‘zbekiston terma jamoasi oktyabr oyida "JCH-2026 saralashi" doirasida Eron va BAA terma jamoalari bilan o‘ynaydi.
Dastlab, 10 oktyabr kuni "Bunyodkor" stadionida Eron terma jamoasini qabul qilamiz. Mazkur bellashuvga tayyorgarlik boshlab yuborilgan. Kecha termamiz "Jar"da mashg‘ulotlarni boshladi. Raqiblarimiz ham kecha terma jamoa ba’zasida yig‘ildi va tayyorgarlikni boshladi.
Ushbu mashg‘ulotlarda "Istiqlol" klubi va terma jamoa yetakchilaridan biri Abolfazl Jaloli jarohat olib mashg‘ulotlarni tark etgan. Hozircha jarohatning qanchalik jiddiyligi no’malum. "Varzesh3" nashri xabariga ko‘ra, 26 yoshli himoyachi MRT tekshiruvidan o‘tadi va hammasi shundan so‘ng aniq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Eron terma jamoasi va "Persepolis" himoyachisi Husayn Kanoni jarohati sabab bu yig‘inni o‘tkazib yubormoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar