Ikki karra Olimpiya chempioni Beterbiyev va Bivol jangi uchun o‘z prognozlarini bildirdi

Ikki karra Olimpiya chempioni Beterbiyev va Bivol jangi uchun o‘z prognozlarini bildirdi
Boks bo‘yicha ikki karra Olimpiya chempioni (2004, 2008) Aleksey Tishenko Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol jangi uchun o‘z prognozlarini bildirdi.

"Bu jangda Dmitriyga biroz ustunlik bergan bo‘lardim. U yoshroq, jarohatlardan holi. Shuningdek Bivol faoliyatining cho‘qqisiga juda yaqin. Beterbiyev esa cho‘qqidan allaqachon pastga tusha boshlagan", - dedi Aleksey Tishenko.

Eslatib o‘tamiz, Bivol (23-0, 13 KO) va Beterbiyev (20-0, 20 KO) jangi 12 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar