
Foto: “OʻFA”
Eron milliy jamoasi bosh murabbiyi Amir Gʻalinoyi Jahon chempionati saralashidan oʻrin olgan Oʻzbekiston bilan oʻyin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Unga jamoa hujumchisi Sardor Azmun hamrohlik qildi.
“Avvalo, Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Kanatetsga sogʻlik tilayman. Ertaga bizda koʻp imkoniyatlar boʻlmaydi. Avvalgi ikki oʻyinda vaziyatlarni koʻkka sovurdik. Bu safar minimal imkoniyatlardan maksimal foydalanishimiz kerak”, dedi murabbiy.

Foto: “OʻFA”
Bundan tashqari, murabbiy galdagi oʻyin maydoni va Erondagi vaziyat haqidagi savolga javob berdi.
“15 oktyabr kungi Qatar bilan oʻyin qaerda boʻlishi haqida bir narsa deya olmayman. Hozir bor e'tiborimiz Oʻzbekistonga qarshi bahsga qaratilgan. Shuni aytishim mumkinki, Eron — dunyodagi eng yaxshi va tinch mamlakatlardan biri.
Tashqi narsalarga chalgʻimay, bor e'tiborimizni futbolga qaratishimiz, tomoshabop oʻyin koʻrsatishimiz va Toshkentdan 3 ochko olib ketishimiz kerak. Himoyamizdagi yoʻqotishlar? Dastlabki ikki turda “quruq oʻyin” oʻtkazdik va ertaga ham bu seriyani davom ettirishga urinamiz”, dedi forslar bosh murabbiyi.

Foto: “OʻFA”
Eron hujumchisi Sardor Azmun ham oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
“Ertangi oʻyin juda muhim, ammo biz Oʻzbekistonga qarshi qanday oʻynashni bilamiz. Umid qilamanki, 3 ochko bilan qaytamiz”, dedi tajribali futbolchi.
Ma'lumot uchun, Oʻzbekiston — Eron uchrashuvi ertaga “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar