Saudiya Arabistonida 12 oktyabr kuni yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligi uchun Artur Beterbiyev (WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi) va Dmitriy Bivol (WBA kamari sohibi) jang qiladi.
10 oktyabr kuni bokschilar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va ular nigohlar to‘qnashuvida ishtirok etdi.
Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol
Foto: Spors
Qayd etib o‘tishimiz kerak, Beterbiyev va Bivol 1 iyun kuni to‘qnash kelishi lozim edi, biroq Artur jarohat olgani bois, jang qoldirilgandi. Natijada, Bivol Malik Zinadga qarshi jang qilib, uni 6-raundda nokautga uchratdi.
Bivol 23 ta jangining 23 tasida g‘alaba qozongan (12 tasi nokaut bilan). Beterbiyev ham janglarining barchasida zafar quchgan.
Foto: Getty Images
Ar-Riyodning Kingdom Arena stadioni ushbu jangga mezbonlik qiladi. Avvalroq ushbu stadionda Fyuri—Ngannu, Fyuri—Usik janglari bo‘lib o‘tgandi. Shuningdek, Bivol, Entoni Joshua va Deontey Uaylder ham ushbu arenada jang qilgan.
Foto: Getty Images
Jang oldidan Artur Beterbiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: “Menimcha, biz ko‘p gaplashib yubordik. Hammasini amalda hal qilish kerak bo‘lgan-da, nega kerak buncha gapirish. Jang payti nima bo‘lishini ko‘ramiz.
Ular meni tanladi. Hozircha, Saul Alvares yoki boshqa kimdir meni qiziqtirgani yo‘q”.
Foto: Getty Images
Dmitriy Bivol ham jangdan oldingi fikrlarini bildirdi: “Raqiblarim haqida o‘ylaganda, ulardan hayratlanaman. Biri chempion, boshqasi esa yengilmas. Nega asabiylashishim kerak? Artur — katta chempion, unda menga kerak bo‘lgan hamma narsa bor.
Ajoyib bokschi bilan ringni bo‘lishaman. Jangning bir necha ssenariysi bor. Lekin Beterbiyevga qarshi juda katta va yaxshi lager tashkil qildik”.
Foto: Getty Images
Hozircha ushbu jangni O‘zbekistonda rasmiy translyatsiyasi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. ESPN+ hamda DAZN platformasida ushbu jangni tomosha qilish mumkin.
12 oktyabr kungi oqshomda jang qiluvchi juftliklar bilan tanishing:
- Artur Beterbiyev (20-0, 20 KO), Rossiya — Dmitriy Bivol (23-0, 12 KO), Rossiya
- Shakur Stivenson (22-0, 10 KO), AQSH – Jo Kordina (17-1, 9 KO), Britaniya
- Kris Yubenk (33-3, 24 KO), Britaniya – Kamil Sheremeta (25-2-2, 8 KO), Polsha
- Fabio Uordli (17-0-1, 16 KO), Britaniya – Freyzer Klark (8-0-1, 6 KO), Britaniya
- Jey Opetayya (25-0, 19 KO), Avstraliya – Jek Massi (22-2, 12 KO), Britaniya
- Ben Uittaker (8-0, 5 KO), Britaniya – Liam Kemeron (23-6, 10 KO), Britaniya
- Skay Nikolson (11-0, 1 KO), Avstraliya – Reyven Chapmen (9-0, 2 KO), Britaniya
- Muhammad Al-Oqil (0-0, 0 KO), Saudiya Arabistoni – Xesus Gonsales (3-2, 0 KO), Kolumbiya.
Dmitriy Bivol, Artur Beterbiyev, Chempionlik jangi, Kingdom Arena, Ar-Riyod “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?