
Foto: Globalchessleague
Shaxmat boʻyicha Global Chess League 2024 musobaqasi boʻlib oʻtdi. 3—12 oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida boʻlib oʻtgan turnirda dunyoning eng kuchli shaxmatchilari qatnashdi.
Ushbu musobaqada Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov turli jamoalarda qatnashdi va yakunda tarkibida Javohir Sindorov boʻlgan Triveni Continental Kings jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 10 tur davom etgan bahslardan soʻng ikki jamoa finalga yoʻl oldi.
Qiziqarlisi, Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov jamoalari finalda oʻzaro toʻqnashdi.

Foto: Globalchessleague
7:13 hisobida yakunlangan ushbu bahsda Alaskan Knights jamoasi magʻlubiyatga uchradi va turnirda ikkinchi oʻrinni egallab 250 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti sovrindori boʻldi.
Triveni Continental Kings jamoasi 500 ming AQSh dollarini qoʻlga kiritdi.
Buyuk Britaniya London Eng kuchli shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov Javohir Sindorov Global Chess League
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar