
UFC boʻyicha Las-Vegasda (AQSh) Vegas 98 turniri oʻtkazilmoqda. Musobaqaning prelim kardi oʻz yakuniga etdi.
Kardning soʻnggi jangida oʻzbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Ramazon Temirov oktagonga koʻtarildi. UFC‘dagi debyut jangida unga amerikalik Si Jey Vergara raqiblik qildi.
Oʻzbekistonlik sportchi jang boshidan aylanma oyoq zarbalarini berishga harakat qildi. Oyoq bilan hujumlar foyda bermagach, Ramazon qoʻl bilan hujumga oʻtdi. Chap qoʻl bilan berilgan zarbalardan biri raqibni muvozanatdan chiqarib yubordi. Vergara oʻziga kelishga harakat qildi, ammo Temirov boshlagan “ishini” oxirigacha etkazib qoʻyishni xohladi va hakamni birinchi raunddayoq jangni toʻxtatishga majbur qildi.
Shu tariqa Ramazon oʻzining UFC’dagi birinchi jangida raqibini nokaut orqali magʻlubiyatga uchratdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar