15:55 / 13.10.2024
66

Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol mutlaq chempionlik jangidan keyin nimalar dedi?

Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol mutlaq chempionlik jangidan keyin nimalar dedi?
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida joylashgan Kingdom Arena majmuasida professional boks oqshomi tashkil etildi.

Markaziy jangda yarim og‘ir vazn toifasida WBC, WBO va IBF kamarlari sohibi, rossiyalik Artur Beterbiyev mazkur vazn toifasida WBA va IBO kamarlari sohibi bo‘lib turgan hamyurti Dmitriy Bivolga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang 12 raund davom etdi va Beterbiyevning g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu bahsda 114-114, 115-113, 116-112 hisobida Beterbiyev professional boksdagi 21-g‘alabasini nishonladi.

Jangdan so‘ng ikkala bokschi ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: Getty Images
Mutlaq jahon chempioniga aylangan Artur Beterbiyev:Bivol g‘alabaga loyiq jang qildim deb o‘ylayaptimi? U istagan narsasini gapirishi mumkin. Unga revansh berishga tayyorman. Faqat yarim yildan oldin emas. Ha, aytgancha, Saudiya Arabistoni hukumati ham buni xohlasa, albatta”.

Foto: Getty Images
Dmitriy Bivol:Hozir o‘z xonamga borib, o‘tirib o‘ylab olmoqchiman. Qayd daftarchamga yaqin oylardagi rejalarimni yozaman. Jangni qayta ko‘rish niyatim yo‘q.

Beterbiyevning qo‘li ko‘tarilgandagi holatim? Hammasi joyida. Endi keyin haqida o‘ylash kerak
”.

Artur Beterbiyev, Dmitriy Bivol, Mutlaq chempionlik, Jangdan keyin, Fikrlari

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Artur Beterbiyev va Dmitriy Bivol mutlaq chempionlik jangidan keyin nimalar dedi?