22:27 / 13.10.2024
31

Muxtor Qurbonov: "BAA bilan uyda o‘ynayotganimizni ilk daqiqalardan ko‘rsatishimiz kerak"

Muxtor Qurbonov: "BAA bilan uyda o‘ynayotganimizni ilk daqiqalardan ko‘rsatishimiz kerak"
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15 oktyabr kuni JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Toshkentda BAAni qabul qiladi. Muhim bellashuv oldidan tajribali mutaxassis va O‘zbekiston terma jamoasi sobiq o‘yinchisi Muxtor Qurbonovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Eron bilan o‘yin yopiq ssenariy ostida o‘tdi. Ikki jamoa ham himoyaga ko‘proq e’tibor qaratdi. Yaxshi tomoni shuki bir ochkoga ega chiqdik. Himoyada tartibli o‘ynaganimizga qaramay ularda 2-3 ta golga tortadigan yaxshi vaziyatlar bo‘ldi. Bizda Jaloliddin Masharipovda shunday keskinlik yuzaga kelgandi. Afsuski, gol bo‘lgani yo‘q.

BAA bilan o‘yin qiziqarli kechishi aniq. Raqib yaxshi o‘yin ko‘rsatadigan, tarkibiga lotin Amerikasining bir nechta vakillarini qo‘shib olgan jamoa hisoblanadi. Bu jamoa to‘pni nazorat qilishni va hujum qilishni xush ko‘radi deya olaman. Amirlik futbolchilarini ko‘proq to‘psiz qoldirishimiz kerak. O‘yin nazorati vakillarimizda bo‘lishi lozim. Uyda o‘ynayotganimizni ilk daqiqalardan ko‘rsatishimiz shart. Bu bahsda uch ochko osonlik bilan qo‘lga kiritilmaydi. Eng muhimi Eron bilan o‘yindan keyingi tiklanish jarayoni. Futbolchilar yuz foiz shay holatda turishi g‘alabamizda muhim rol o‘ynaydi
",- deydi Muxtor Qurbonov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muxtor Qurbonov: "BAA bilan uyda o‘ynayotganimizni ilk daqiqalardan ko‘rsatishimiz kerak"