date
views 120

Nima, Chimaev yutadi? Shoshmang uning raqibi "avstraliyalik iblis" boʻladi!

Нима, Чимаев ютади? Шошманг унинг рақиби "австралиялик иблис" бўлади!
Ma'lumki, 26 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida "UFC 308" turniri boʻlib oʻtadi. Ushbu jang kechasining 2-markaziy toʻqnashuvi Xamzat Chimaev va Robert Uittaker oʻrtasida boʻlib oʻtadi. Biz an'anaga muvofiq ushbu qarama-qarshilik haqida oʻzbek yakkakurash olami vakillarining fikri bilan qiziqdik.

Farruh Madaminov - murabbiy

- Bu jangda yaqqol favorit bor. Bu Chimaev. Lekin Uittaker ham hurmatga loyiq jangchi. U sobiq chempion va kuchli strateg. Biroq uning uslubi Chimaevga qulaylik tugʻdiradi. Xamzatning kurashi Robiga imkoniyat qoldirmaydi. Nazarimda Chimaev Uittaker bilan "stoyka"da jang oʻtkazish xato ekanligini biladi va dastlabki daqiqalardanoq uni "parter"ga olib tushishga harakat qiladi. 1-raundda Uittakerni charchatib, 2-raundda boʻgʻib qoʻyishga harakat qiladi. Imkoniyatlarni 70/30 degan boʻlardim. Chimaev foydasiga...

Doniyorbek Roʻziev - murabbiy

- Qiziqarli jang boʻladi. Agar, "stoyka"da jang kechadigan boʻlsa, Uittakerda ustunlik boʻladi. Biroq, Chimaev oʻzining kuchli tarafiga tayanib, kurashda uni magʻlub etishga harakat qilsa kerak. Chunki Robert Uittaker Ikram Aliaskerovni qanday magʻlub etgani Chimaevga saboq boʻlganligi aniq. Yana kim biladi, deysiz. Bu MMA va unda har qanday holat boʻlishi mumkin. Imkoniyatlarni 60/40 deya baholagan boʻlardim.

Sardor Sulaymonov - murabbiy

- Uittaker - Hamzat jangi juda qiziq boʻladi. Bu Xamzat uchun eng qiyin raqib deb oʻylayman. Agar, jang oxirigacha davom etsa, Uittaker ochkolar hisobida gʻalaba qozonadi. Hamzat boʻgʻish yoki ogʻriqli uslubni qoʻllab, yutib olishi mumkin. Uittakerni nokaut qilishiga ishonmayman. Shuning uchun Chimaevni "favorit" deyayotganlarga shoshmang uning raqibi "avstraliyalik iblis" va u qanday jang qilishni biladi, degan boʻlardim. Imkoniyatlar 60/40 Uittaker foydasiga!

Husniddin Roʻziev - murabbiy

- Menimcha bir-biriga mos raqiblar. Koʻpchilik Uittakerni "stoyka"dagi imkoniyatini yuqori baholamoqda. Biroq, men bunday deb oʻylamayman. Chimaevning "stoyka"si ham yomon emas. U bu borada ham avstraliyalik jangchi bilan bahslasha oladi. Chimaevning kurashi esa diviziondagi eng kuchlisi sanaladi. Chimaev uni pastga olib tushib, uzogʻi 2-raundda boʻgʻib qoʻyadi. Imkoniyatlarni 70/30 deya baholagan boʻlardim.

Mirafzal Axtamov - MMA jangchisi

- Hamzat Chimaev bu safargi jangga juda puxta tayyorgarlik koʻrgan. Bevosita biz bilan bitta zalda mashgʻulot olib borayotganligi uchun ham uning jismoniy holatiga real baho bera olaman. U juda yuqori jismoniy holatga ega boʻlib ulgurdi. Jang toʻliq davom etmaydi. 2-raundda Chimaev "sabmishn" bilan gʻalaba qozonadi. Imkoniyatlarni 70/30 deya baholayman.

Kamron Ortiqov - MMA jangchisi

- Robert Uittaker zoʻr jangchi, uning harakatlari menga juda yoqadi. Ammo bu jangda uning imkoniyati pastroq. Chunki Chimaevning kurashini oldida uning himoyasi ojizlik qiladi. Jang asosan "parter"da kechadi va bunda Chimaev toʻliq ustunlik qiladi. Oʻylashimcha 2-raundda Chimaev boʻgʻish uslubi bilan gʻalaba qolzonadi. Imkoniyatlar 70/30.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nima, Chimaev yutadi? Shoshmang uning raqibi "avstraliyalik iblis" boʻladi!