20:02 / 15.10.2024
24

O‘zbekiston MMA vakillari Xamzat Chimayev va Robert Uittaker jangi uchun o‘z taxminlarini bildirishdi

O‘zbekiston MMA vakillari Xamzat Chimayev va Robert Uittaker jangi uchun o‘z taxminlarini bildirishdi
26 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tuvchi "UFC 308" turnirining 2-markaziy jangi Xamzat Chimayev va Robert Uittaker jangiga oid so‘rovnomaning 2-qismini e’tiboringizga havola etamiz. Bu safar ushbu jang borasida ayni vaqtda Toshkentdagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston MMA terma jamoasi vakillari o‘z fikrlarini bildirdi.

Otabek Musayev - O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi mutasaddisi
- Jangning dastlabki qismi Chimayev uchun atalgan bo‘ladi. Agar, u 1-2 raundda jang taqdirini hal qilmasa, ustunlik Uittaker tomoniga o‘tib ketadi. Katta ehtimol bilan ochkolar hisobida Uittaker g‘alaba qozonib ketishi mumkin. Bu jangda yaqqol favoritni ko‘rmayapman. Imkoniyatlarni 50/50 deya baholagan bo‘lardim.

Rashid Subxonov - murabbiy
- Ko‘pchilik Chimayevning imkoniyatini yuqori baholayapti, lekin men bu fikrga qo‘shilmayman. Robert Uittaker oddiy jangchi emas. U Chimayevdan ko‘ra, ko‘p yo‘lni bosib qo‘ygan. Tajriba yuqori va har tomonlama mukammal jangchi sanaladi. Agar, Xamzat Chimayevning "xayp"ini yanada oshirish uchun nimalardir amalga oshirilmagan bo‘lsa, bu jangda Uittaker ochkolar hisobida g‘alaba qozonadi. Chunki Chimayevning kardiosida muammolar bor va u borini dastlabki raundlarga qaratadi. Imkoniyatlar 55/45 Uittaker!

Murodillo Oblaqulov - murabbiy
- To‘g‘ri, Robert Uittaker zo‘r jangchi. Biroq, bu jangda Chimayevning imkoniyati juda yuqori. Menimcha Uittaker qanchalik kuchli bo‘lmasin, u Chimayev uchun qulay raqib. Jang muddatidan avval Chimayevning "sabmishn" orqali g‘alabasi bilan yakunlanadi. Imkoniyatlar 70/30 Chimayev.

Ahliddin Xadjayev - terma jamoa vakili (-97 kg)
- Bu jangda Chimayev hech qanday qiyinchiliksiz g‘alabaga erishadi. Kamaru Usmanni "parter"ga torta olgan Chimayev Uittakerni shunchaki yakson qiladi. 1-raundda "uxlatadi". Imkoniyatlar 100/0.

Humoyudddin Muxtorov - terma jamoa vakili (+97 kg)
- Robert Uittakerning "stoyka"si kuchli deb bilaman. Lekin Chimayev unga imkon bermaydi. Uittakerni eng gullagan payti o‘tdi deb o‘ylayman. Chimayevga dosh berolmasa kerak. Jang muddatidan avval yakunlanadi. Imkoniyatlar 80/20 Chimayev.

Farruxbek Ibragimov - terma jamoa vakili (-83,9 kg)
- Bu jangda hech qanday imkoniyat qoldirmagan holda Chimayev g‘alaba qozonadi. Uittakerning g‘alaba qozonish imkoniyati 0 ga teng! Imkoniyatlar 100/0.

Asilbek Mahammatjonov - terma jamoa vakili (- 88 kg)
- Bu jang to‘liq davom etmasligi aniq. Uzog‘i bilan 2-raundda Hamzat Chimayev bo‘g‘ish uslubi bilan finish qiladi. Imkoniyatlar 100/0.

Sherzod Allamberganov - terma jamoa vakili (74,8 kg 18-20 yosh)
- Bu jangda Hamzat Chimayev g‘alaba qozonadi. Jang to‘liq davom etmaydi. Chimayev muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritadi. Imkoniyatlar 70/30!

Akromjon Suyunboyev - terma jamoa vakili (-83,9 kg)
- Bu jangda Robert Uittakerni g‘alabasiga ko‘proq ishonaman. To‘g‘ri, Chimayevning kurashi zo‘r. Lekin Uittakerni "teyk-daun"lardan himoyasi kuchli. Robiga Chimayevning kurashi o‘tmaydi. Raunddan-raundga Chimayev pasayib boraveradi. Chunki uning kardiosida muammolar bor. Xullas, ochkolarga ko‘ra Uittaker g‘alaba qozonadi. Imkoniyatlar 60/40 Uittaker.

Amirxon Akbarov - terma jamoa vakili (-65,8 kg)
- Qiziqarli jang bo‘ladi. Chimayev uchun eng og‘ir raqib deb bilaman. To‘g‘ri, Chimayev bu jangda nisbatan ustunroq. Ammo, g‘alaba qozonish oson bo‘lmaydi. Menimcha ochkolarga ko‘ra, ya’ni "parter"dagi nazorat evaziga Chimayev g‘alabani qo‘lga kiritsa kerak. Imkoniyatlar 60/40.

Shukrullo Yuldashev - terma jamoa vakili (52,2 kg, 18-20 yosh)
- Jang muddatidan avval yakunlanadi. Chimayev 1-raundning oxirida bo‘g‘ib qo‘yadi. Mabodo 2-raundga o‘tsa, texnik nokaut bilan g‘alaba qozonadi. Imkoniyatlar 80/20.

Abdurahmon Hayitxonov - terma jamoa vakili (-61,2 kg, 18-20 yosh)
- Jang qiziqarli kechadi. Har ikkisi uchun ham qiyin bo‘ladi. Chimayev kurashda zo‘r. Uittaker "stoyka"da yaxshi harakat qiladi. Menimcha jang muddatidan avval yakunlanadi. Hamzat Chimayev 2-raundda bo‘g‘ib qo‘ysa kerak. Imkoniyatlar 70/30 Chimayev!

Qodirov Islombek - terma jamoa vakili (-97 kg)
- Ikkisi ham kuchli jangchilar. Lekin Hamzat Chimayev bu jangda muddatidan avval g‘alaba qozonadi, degan fikrdaman. Imkoniyatlar 60/40.

Shohjaxon Temirov - terma jamoa vakili (57 kg, 18-20 yosh)
- Qiziqarli jang bo‘ladi. Chimayevga oson bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Biroq, u baribir jangda g‘alaba qozonadi. Imkoniyatlar 60/40.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MMA vakillari Xamzat Chimayev va Robert Uittaker jangi uchun o‘z taxminlarini bildirishdi