22:54 / 15.10.2024
22

Vlado Radmanovich: "Futbolchilarning ruhiy holati bilan ish olib boramiz"

Vlado Radmanovich: "Futbolchilarning ruhiy holati bilan ish olib boramiz"
O‘zbekiston - BAA uchrashuvining ikkkinchi qismida terma jamoamiz murabbiyi Vlado Radmanovich va Otabek Shukurov ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi:

Otabek Shukurov:
- Avvalo assalomu alaykum. Muhimi, 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Bu bosqichda oson raqibning o‘zi yo‘q. Biz faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Muxlislarga katta rahmat aytaman.

- Bu darvozabon bilan avval ham uchrashganmiz. BAA chempionatida o‘ynab yurganimda meni yaxshilab o‘rganib chiqqan.

- Murabbiy yo‘qligi albatta bilinmoqda. Eron bilan o‘yinda 10 kishi bo‘lib qolgani bilan ular mundialning doimiy qatnashchisi. Jurnalistlardan ham iltimos, faqat negativ bildirmanglar. Chiroyli o‘yin bilan barcha narsa bitmaydi. Men chiroyli o‘yinlar bilan 2 marta mundialni boy berganman.

Vlado Radmanovich:
- O‘yindan avval bu raqibga nisbatan 4 kishilik himoya bilan ham tayyorgarlik ko‘rgan edik. Biz bu g‘alabaga 100% haqli edik. Bellashuvdan avval bir qancha muammolarimiz bor edi. Jumladan, Abbosbek Fayzullayevning kichik jarohati. Ammo shifokorlar vaqtida unga yetarli yordam bera olishdi. Tibbiy shtabga va albatta muxlislarga rahmat aytaman.

- Tavakkal qarorlarni qabul qilishga majbur bo‘ldik. Bu ba’zida sizga foyda keltiradi. Ba’zida esa aksincha, zararga ham ishlashi mumkin.

- Janob Katanes bilan doimiy aloqada bo‘lib turibmiz. Nafaqat bu o‘yinda, balki avvalgi o‘yinlarda ham u bizga kerakli ko‘rsatmalarni berib turdi. 2 ta xujumchi bilan o‘ynash avvaldan rejamizda bor edi.

- Albatta, futbolchilarning ruhiy holati bilan ish olib boramiz. Abbosning uncha yaxshi o‘ynay olmagani bu uning jarohati bilan bog‘liq. Uning hattoki, bugun maydonga tushishi katta so‘roq ostida edi. Shunga qaramay, u menimcha yaxshi o‘yin namoyish etdi.

- Iloji boricha, barcha o‘yinda yutuqqa erishishga intilamiz. Keyingi oyda murabbiy qaytadi. Balki o‘sha paytda u yangi o‘yinchilarni sinab ko‘rar yoki boshqa rejalari bordir...

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vlado Radmanovich: "Futbolchilarning ruhiy holati bilan ish olib boramiz"
ePN