Argentina terma jamoasi sardori va “Inter Mayami” futbolchisi Lionel Messi Boliviya bilan o‘yinda xet-trik qayd etganidan so‘ng terma jamoadagi kelajagi haqida fikr bildirdi.
“Men terma jamoada o‘ynash muddatimni belgilamayman. Men shunchaki zavqlanishni va odamlarning e’tiborini his qilishni xohlayman, chunki bu mening so‘nggi uchrashuvlarim bo‘lishi mumkinligini bilaman. Yilni bosqichma-bosqich yaxshi yakunlashni istayman”, deya Messining so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Boliviyaga qarshi uchrashuvda 5 ta golda (3 gol va 2 assist) ishtirok etgan futbolchi Sofascore nashri tomonidan 10 ball bilan baholandi.
Bu xet-trik Messiga to‘purarlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bo‘lgan eronlik Ali Daidan o‘zib ketish imkonini berdi. Hozirda Lionel Argentina terma jamoasi safida 189 ta o‘yinda 112 ta gol urgan.
Reyting peshqadami Portugaliya terma jamoasining 39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu bo‘lib qolmoqda, u 216 uchrashuvda 133 ta gol urgan.
JCH—2026 saralash turnirining 10 ta o‘yinida Argentina 22 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Futbolchi Argentina terma jamoasida 2005 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Terma jamoa tarkibida Messi 2022 yilgi Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi