18:47 / 16.10.2024
5

Artur Beterbiyev dunyoning eng kuchli besh bokschisi kimligini aytdi

Artur Beterbiyev dunyoning eng kuchli besh bokschisi kimligini aytdi
Yarim og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiyev DAZN telekanaliga bergan intervyusida dunyoning eng yaxshi 5 nafar bokschisi kimligini aytdi.

"Vazn toifasidan qat’iy nazar eng kuchli bokschilardan beshinchisi Devin Xeyni. To‘rtinchi o‘rin Tayson Fyuriga tegishli. Uchinchi o‘ringa albatta, Saul Alvares munosibroq. Ikkinchi o‘rin egalari - Aleksandr Usik va Naoya Inoue. Ulardan birini alohida ajratib ko‘rsata olmayman. Vanihoyat men uchun birinchi raqamli bokschi bu - Terens Krouford", - dedi rossiyalik sportchi.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni o‘tkazilgan jangda Artur Beterbiyev ochkolar evaziga Dmitriy Bivolni mag‘lubiyatga uchratdi.

Artur Beterbiyev, Devin Xeyni, Tayson Fyuri, Saul Alvares, Aleksandr Usik, Naoya Inoue, Terens Krouford

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Artur Beterbiyev dunyoning eng kuchli besh bokschisi kimligini aytdi
ePN