15:11 / 17.10.2024
37

Muhammadali O‘rinboyev Argentina, Urugvayga qarshi kechgan uchrashuvlar va Osiyo kubogi haqida fikr bildirdi

Muhammadali O‘rinboyev Argentina, Urugvayga qarshi kechgan uchrashuvlar va Osiyo kubogi haqida fikr bildirdi
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi sardori Muhammadali O‘rinboyev Urugvayga qarshi bugun bo‘lib o‘tadigan takroriy o‘yin oldidan fikr bildirdi.

- "Birinchi ikkita o‘yinga keladigan bo‘lsak, Argentinaga qarshi bahsning birinchi uchrashuvida mag‘lub bo‘ldik, ikkinchi o‘yinda esa xatolarni tahlil qildik va boshqacha o‘yin ko‘rsatdik. Ikkinchi uchrashuv ancha qiziqarli bo‘ldi, bolalarning barchasi maksimal darajada harakat qilishdi.

Urugvayga qarshi uchrashuvda hisobni ochdik va g‘alabaga yaqin kelgandik, biroq so‘nggi daqiqalarda penaltidan gol o‘tkazib yubordik. Menimcha, ushbu bahsda g‘alabaga loyiq edik.

O‘ylashimcha ertangi o‘yinga tayyor bo‘lamiz va Urugvayni mag‘lub etishga harakat qilamiz.

Oldimizga Osiyo kubogi bor. Ushbu musobaqaga jiddiy tayyorgarlik olib borilmoqda. Maqsadimiz — musobaqada g‘alaba qozonish. O‘ylashimcha biz buni uddalay olamiz, sababi jamoamiz ancha kuchli futbolchilardan iborat", - dedi Muhammadali O‘rinboyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Muhammadali O‘rinboyev Argentina, Urugvayga qarshi kechgan uchrashuvlar va Osiyo kubogi haqida fikr bildirdi