Anchelotti bir fubolchini “Real”dan haydayapti

Anchelotti bir fubolchini “Real”dan haydayapti
“Real” himoya chizig‘ida o‘yinchi yetishmaslik tufayli qiynalayotgan bo‘lishiga qaramay, bosh murabbiy Karlo Anchelotti 27 yoshli markaziy himoyachi Xesus Valyexoning klubdan ketishini istayapti.

AS nashrining yozishicha, italiyalik mutaxassis ispan futbolchisini “Real” darajasiga mos kelmasligini ta’kidlamoqda. Hatto, tarkib tanlashda markaziy himoyachiga ehtiyoj yuzaga kelgan pallada ham murabbiylar shtabi boshqa pozitsiyadagi o‘yinchilarni himoya o‘rtasida o‘ynatishni yechim sifatida qo‘llamoqda.

Bosh murabbiy qarashlaridan kelib chiqib, klub mutasaddilari Xesus Valyexoga yangi bitim taklif qilmaydigan bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi yozda tugaydi.

Valyexo “Saragosa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va “Real”ga 2015 yili olib kelingan. Biroq bu himoyachi kelganidan beri asosiy tarkibga kiritilmayapti.

“Qirollik klubi” qariyb o‘n yildan beri Xesus Valyexoni “Saragosa”, “Ayntraxt”, “Vulverxempton”, “Granada” kabi jamoalarga ijaraga jo‘natmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar