Foto: “Lokomotiv”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan bahslar 19 oktyabr shanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Lokomotiv” derbida “Bunyodkor” klubini qabul qildi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Valeriy Kichin penaltidan hisobni ochdi. 25-daqiqada ajoyib hujumdan so‘ng Andriya Filipovich hisobni tenglashtirdi. 38-daqiqada Valeriy Kichin mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. 68-daqiqada “Bunyodkor” vakili Ahmadullo Muqumjonov hisobni tenglashtirdi.
86-daqiqada Kachori mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Shu tariqa “Bunyodkor” mehmonda qiyin o‘yincha 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Lokomotiv" - "Bunyodkor" 2:3
Gol: Valeriy Kichin (penalti) 11 1:0, Andriya Filippovich (Temurxo‘ja Abduxoliqov) 24 1:1, Valeriy Kichin (Ivan Rogach) 38, Ahmadullo Muqimjonov (Muzaffar Olimjonov) 68, 2:2, Luis Kachorri 85, 2:3
"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Valeriy Kichin, 4.Ivan Rogach, 7.Sardor Abdunabiyev (9.Temur Mamasidiqov, 78), 10.Shodiyor Shodiboyev (11.Konstantin Bazelyuk, 70), 17.Sanjar Tursunov, 22.Muhammadanas Hasanov, 55.Anzur Ismoilov, 70.Abubakir Rizo Turdialiyev, 72.Rustam Xolnazarov (27.Sobit Sindarov, 70), 97.Mixail Gashenkov.
Zaxira: 32.Suhrob Sultonov, 6.Ozodbek O‘ktamov, 8.Dilshod Jo‘rayev, 26.Abdulloh Yo‘ldoshev, 28.Quvonchbek Abrayev, 33.Ibrohimjon Qurbonov.
"Bunyodkor": 13.Hamidullo Abdunabiyev, 4.Najmiddin Normurodov, 5.Momchilo Rasho, 6.Boburbek Yo‘ldoshev, 7.Shahboz Jo‘rabekov ( 77.Muzaffar Olimjonov, 46), 11.Temurxo‘ja Abduholiqov, 22.Usmonali Ismonaliyev (65.Ahmadullo Muqumjonov, 46), 23.Asadbek Rahimjonov, 25.Itsuki Urata, 41.Andriya Filipovich ( 93.Aleksandr Zevadinov, 89), 57.Amir To‘raqulov (74.Luis Kachorri, 46).
Zaxira: 1.Marin Lyubich, 8.Frane Chiryak, 10.Rasul Yuldoshov, 49.Farruh Qodirov, 78.Toxirbek To‘xtasinov, “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Jizzaxda Cobalt katta tezlikda ikki qizchani urib yubordi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi