31
Superliga bahsi davom etayotgan paytda uchrashuv komissari ichki ishlar bo‘limiga olib ketildi
Foto: “PFL”
O‘zbekiston Professional futbol ligasi Superliga 21-turi doirasida “Lokomotiv” — “Bunyodkor” uchrashuvining ikkinchi bo‘limi kech boshlangani yuzasidan rasmiy axborot berdi.
“Superliga 21-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” — “Bunyodkor” bahsining 2-taymi belgilangan vaqtdan 32 daqiqa kech boshlandi. Sababi uchrashuv uchun javobgar bo‘lgan Liga komissarining telefoni Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani IIB xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan va uning o‘zi ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.
Ligaga ma’lum bo‘lishicha, “Bunyodkor” klubi rasmiysi hamda IIB xodimi o‘rtasida bahsli vaziyat yuzaga kelgan. Oqibatda tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining og‘zaki ko‘rsatmasiga ko‘ra, Superliga o‘yinida faoliyat olib borayotgan VAR mashinasi hamda stadion hududida bo‘lgan uchrashuv rasmiylariga qarashli avtomashinalarni majburiy ravishda stadion avtoturargohidan olib chiqish uchun evakuator jalb etilgan. Shundan keyin Liga komissari bunday holatda uchrashuvni davom ettirib bo‘lmasligini tushuntirishga uringan vaqtida uning telefoni olib qo‘yilib, komissar go‘yoki ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmagani ro‘kach qilinib, u stadiondan olib chiqilgan”, deyiladi PFL xabarida.
Assotsiatsiya hamda Liga rahbariyatining sa’y-harakati evaziga komissar stadionga yetib kelgan. Bu vaqt davomida uchrashuv hakamlari ikkinchi bo‘limga chiqmagan.
“Endilikda Liga komissar bildirgisi asosida mazkur ishni o‘rganib chiqadi. Shuningdek, “Do‘stlik” stadioni, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” klubi rasmiylari ham bu borada o‘z pozitsiyasini taqdim etadi. Shundan so‘ng Liga ichki ishlar organi xodimlariga huquqiy baho berilishini so‘rab yuqori turuvchi tashkilotga murojaat kiritadi”, - deyiladi PFL rasmiy bayonotida.
Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuvning 2-bo‘limi 30 daqiqalik kechikish bilan boshlangach, TV orqali translyatsiya qilish maqsadida “Metallurg” — “Andijon” o‘yini ham 17:15 da emas, yarim soatlik kechikish bilan boshlandi.
Ushbu uchrashuvda “Bunyodkor” jamoasi 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Olimlar Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunalarini o‘rgandi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Olmaliq shahri va Yangiyo‘l tumanida qonunbuzarlar jinoyat ustida qo‘lga olindi