10:10 / 20.10.2024
8

Messi va jamoadoshlari Amerikani zabt etdi yoxud "Inter Mayami" MLS chempioni!

Messi va jamoadoshlari Amerikani zabt etdi yoxud "Inter Mayami" MLS chempioni!
MLSning ushbu mavsumdagi chempioni aniq. "Inter Mayami" 34-turda "Nyu-Inglend"ni o‘z maydonida qabul qilib, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda Messi xet-trik qilgan bo‘lsa, Suares ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Kremaski o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Mehmonlar tarkibidan Langomi va Borrerolar javob qaytarishdi.

"Inter Mayami – Nyu-Inglend" 6:2 (2:2, 4:0)
Gollar
: 0:1 – 2 Langoni, 0:2 – 34 Borrero, 1:2 – 40 Suares, 2:2 – 43 Suares, 3:2 – 58 Kremaski, 4:2 – 78 Messi, 5:2 – 81 Messi, 6:2 – 89 Messi.
Inter Mayami – Kellender, Alba, Martines (Allen, 87), Aviles, Veygandt (Frey, 90), Brayt, Kremaski (Kampana, 87), Buskets, Teylor (Gomes, 58), Gressel (Messi, 57), Suares.
Nyu-Inglend – Ivachich, Sands, Romni, Arreaga, Bay, Yusuf, Polster, Borrero, Bayraktarevich (Boateng, 87), Langoni (Nacho Xil, 87), Vrioni (Vud, 59).

Shu tariqa, mayamiliklar 74 ochko bilan MLSning mavsum chempioniga aylandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi va jamoadoshlari Amerikani zabt etdi yoxud "Inter Mayami" MLS chempioni!