21:56 / 22.10.2024
57

Ro‘ziqul Berdiyev: Ertaga bizni jiddiy raqib, qiyin o‘yin kutib turibdi

Ro‘ziqul Berdiyev: Ertaga bizni jiddiy raqib, qiyin o‘yin kutib turibdi
Bugun OCHL 2 3-tur doirasidan o‘rin olgan “Al Husseyn” — “Nasaf” uchrashuvidan oldin matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda Marko Stanoyevichlar ishtirok etishdi.

"Avvalo barchaga assalomu alaykum. Biz Iordaniyaga ketma-ket ikkinchi yil kelmoqdamiz. Biz bundan xursandmiz. Bu yerda futbol ajoyib. Ertaga bizni jiddiy raqib, qiyin o‘yin kutib turibdi. Ko‘p yillardan beri xalqaro turnirda ishtirok etib kelmoqdamiz. Bu musobaqada kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Shuning uchun ertangi bellashuv biz uchun og‘ir bo‘ladi. Chunki mezbonlar “Al Husseyn” o‘z o‘yiniga xarakteriga ega jamoa” dedi — Ro‘ziqul Berdiyev.

“Biz uchinchi yil ketma-ket Iordaniya jamoasi bilan bellashmoqdamiz. Bizni ertaga og‘ir o‘yin kutib turganini bilamiz. Ammo shunga qaramay biz ijobiy natijaga erishish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz” — dedi Marko Stanoyevich.

- “Nasaf” jamoasida Iordaniya klublariga qarshi yetarlicha tajriba bor. Bu jamoaga ertangi o‘yinga yordam beradimi? Matbuot anjumanida ham juda bosiq va jiddiy holda ishtirok etmoqdasiz.

- Chunki bizni ertaga jiddiy bahs kutmoqda. Iordaniya jamoalari bilan ketma-ket uchinchi yil ro‘baro‘ kelmoqdamiz. “Al Faisaliy”, “Al Vehdat” jamoalarini yaxshi bilamiz. Har qaysi jamoa bilan o‘ynaganimizda ularni o‘rganamiz. Biz uchun bu tajriba. Bu mamlakat jamoalari bilan o‘yinlarda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritganmiz. Lekin bu oson bo‘lmagan. Orttirilgan tajribamiz biz uchun muhim.

- “Al Husseyn” jamoasi haqida qanday ma’lumotga egasiz? Jamoaning qaysi futbolchilari sizning diqqatingizni tortdi?

- Raqibni o‘rganishga harakat qildik. “Al Hussein” ishtirokidagi uchta o‘yinni ko‘rib chiqdik. Bular OCHL 2 doirasida ikkita o‘yinni va “Al Faisaliy”ga qarshi o‘yinni o‘rganib chiqdik. Raqibda jamoaviy o‘yin yaxshi shakllangan. Tarkibda individual kuchli va biz tanigan futbolchilar bor. Bular “Al Faisaliy”dan “Al Husseinga” o‘tgan futbolchi va OFK kubogi finalida bizga gol urgan Mahmud Al-Mardi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: Ertaga bizni jiddiy raqib, qiyin o‘yin kutib turibdi