
Albaniyaning Tirana shahrida sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasida o‘tayotgan jahon chempionatining ikkinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alisher G‘aniyev oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Finalda u -60 kilogramm vazn toifasida rossiyalik (neytral maqomda) Dinislam Bammatovni 8:4 hisobida mag‘lub etib, terma jamoaga ilk medalni olib keldi.
Eslatib o‘tamiz, G‘aniyev ilk bellashuvda germaniyalik Georgios Skarpelloni 9:0, ruminiyalik Denis Mixaini 8:0, chorak finalda ukrainalik Bogdan Xrishinni 11:2, yarim finalda Ozarbayjon terma jamoasi a’zosi Nihad Guluzadeni 9:0 hisobida taslim etgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar