
Bugun U-17 Osiyo kubogi saralash bosqichining ilk tur uchrashuvlariga start berildi.
Saralashning "J" guruhi doirasida qo‘shni Tojikiston o‘smirlar terma jamoasi Guam o‘smirlari darvozasiga javobsiz 33ta to‘p kiritishdi. Tojikiston tarkibida Muxammad Nazriyev 14ta gol urdi, Nazrullo Ashuralizoda esa 6 bor o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi.
U-17 Osiyo kubogi saralashi
"J" guruhi, 1-tur
23.10.2024
"Bishan" stadioni, Singapur
Tojikiston U-17 - Guam U-17 33:0
Gollar: Xaydarsho Xudoydodov 2, 25, Muxammad Nazriyev 5, 12, 22, 38, 49, 50, 55, 58, 66, 67, 73, 76, 82, 83, Nazrullo Ashuralizoda 6, 10, 30, 38, 45+1, 52, Umed Jafoyev 20, 23, 32, Abdusamad Melikmurodov 35, Parviz Bobonazarov 41, 42, Mexrojiddin Rozikov 62, Asadbek Maxtumov 63, 77, Muxammadjon Miraxmadov 70, David Maksudov 72.
Eslatib o‘tamiz, U-17 Osiyo kubogiga saralashning 10ta guruhida g‘olib chiqqan jamoalar va 5ta eng yaxshi ikkinchi o‘rin egalari yo‘l olishadi.
U-17 Osiyo kubogi-2025 keyingi yilning 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Tojikiston U-17Osiyo KubogiMuxammad NazriyevGuam O‘smirlariFutbol UchunSaralash Bosqichi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing