date
views 106

Hamzat Chimayev: “Keyingi raqibim kim bo‘lishi ahamiyatsiz. Men pul va kamar uchun jang qilaman”

Hamzat Chimayev: “Keyingi raqibim kim bo‘lishi ahamiyatsiz. Men pul va kamar uchun jang qilaman”
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o‘tkazilgan UFC 308 musobaqasining ikkinchi asosiy jangi Hamzat Chimayev va Robert Uittaker o‘rtasida kechdi.

5 raund etib belgilangan jang ilk raunddayoq yakunlandi. Hamzat Chimayev raqibini bo‘g‘ish usuli orqali taslim etdi.

Jangdan so‘ng Hamzat keyingi raqiblari borasida xavotir olmayotgani haqida aytib o‘tdi:

UFC Shon Striklend va Drikus dyu Plessi o‘rtasida jangni tashkillashtiradimi? Menga farqi yo‘q, kutib turaman. Shon, Drikus yoki Adesanya, keyingi raqibim kim bo‘lishi ahamiyatsiz. Men pul va kamar uchun jang qilaman”, — deydi Chimayev.

Hamzat 2018 yilda professional tarzda janglarga qatnashishni boshlagan va Uittakerga qarshi jangda 14-g‘alabasini nishonadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamzat Chimayev: “Keyingi raqibim kim bo‘lishi ahamiyatsiz. Men pul va kamar uchun jang qilaman”