"Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin (1:2) mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Qo‘shnilar jangi shunday o‘tishi kerak aslida. "Dinamo" gol urguniga qadar erkin harakat qildi. Raqib gol urgach, men o‘z shogirdlarimni tanishni boshladim. O‘sha bosimsiz, biz erkinroq harakat qildik. G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq evaziga biz 3 ochkoni ilib ketdik deb o‘ylayman. "Dinamo" ko‘proq e’tiborni himoyaga qaratdi, biz esa hujumga. Bugun biz g‘alaba qozonishimiz shart edi. Bunga erishganimiz bilan jamoa ishqibozlarini tabriklaymiz", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.
- "Nasaf" necha foiz chempionlikni naqd qildi?
- Biz juda yaqinmiz. Deyarli degan so‘zni ishlatmaslik kerak. Har bir bahsga jiddiy yondashamiz. Keyingi uchrashuvlarga jiddiy yondashishimiz kerak. Maqsadimizga, orzumizga hali yetmadik.
- "Nasaf" avvalgi "Nasaf"ga o‘xshamayotgandek?!
- Buning ruhiyatga aloqasi yo‘q. Jamoamizni bir shiori bor. "Nasaf"ga o‘xshashi yo‘q,- degan. Ba’zi bir jamoaga shunday kamchiliklar bilan o‘ynab turamiz. Ba’zi kuchsizroq jamolar bilan o‘yinlarda ochko yo‘qotamiz. OCHLda esa, e’tibor bergan bo‘lsangiz, kam o‘yin amaliyotiga ega futbolchilar bilan birga bordik. Agar hamma asosiy o‘yinchimizni u yerda maydonga tushirganimizda, bugun nima bo‘lishini "Paxtakor" misolida ko‘rdingiz. Bu bizga ham salbiy ta’sir qilar edi. Bizning asosiy maqsadimiz Superliga bo‘lgani bois, Samarqanddagi bahsga ko‘proq e’tibor qaratdik. Balki, o‘rtamiyona klublarga qarshi bahslarda motivatsiya bilan muammo bo‘lmoqda.
- "Nasaf"ning kelasi mavsum uchun rejalari qanday?
- Rejalarimiz bor. Klubimiz rahbariyati kelasi mavsum uchun harakatni boshlagan. Nasaf o‘z darajasini yuqoriga chiqarib qo‘ydi. Buni tushirishga bizning haqqimiz yo‘q. Tarkibimizni suyagini saqlab qolib, yosh terma jamoa uchun yoshlarni berishimiz kerak. Oxirgi ikki yilda, bu kam bo‘ldi, biroq buni to‘g‘rilab qo‘yamiz. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi