Superliganing 23-turida "Nasaf" safarda "Lokomotiv"ni mag‘lub etdi va chempionlikni muddatdan avval hal qildi. "Ajdarlar" murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bahsdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bugungi g‘alaba bilan barcha "Nasaf" muxlislarini tabriklayman. Tarixiy voqea sababchisi bo‘lganimizdan mamnunman. Mazkur bahs raqiblarimiz uchun muhim edi. Sababi, ularga ochko juda zarur edi. "Lokomotiv" bahs davomida kuchli qarshilik ko‘rsatishini bilgan edik. Shunga qaramay, birinchi bo‘limda juda ko‘p va xavfli vaziyatlar yarata oldik. Raqib bir kishi kam bo‘lib qolgani esa vazifamizni ancha yengillashtirdi. To‘p nazorati va pozitsion harakatlarga e’tibor qaratdik.
Akmal ba’zida hujumga qo‘shilib turadi. Bugungisi esa o‘z samarasini berdi. Nafaqat bugun, balki, birinchi davradagi o‘yinlarda ham bu bizning foydamizga ishlagan edi. Uning goli biz uchun juda muhim edi va g‘alabaga katta hissa qo‘shdi, - deya o‘z fikrlarini bildirdi Ro‘ziqul Berdiyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi