"Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev "Lokomotiv"ga qarshi o‘yindan keyin Sport telekanaliga intervyu berdi.
"Bu juda ham ajoyib. Barchaga rahmat aytmoqchiman. "Nasaf"ning barcha muxlislarini chempionlik bilan tabriklayman. O‘ylaymanki biz bunga munosib edik. Muxlislarimizga katta rahmat, homiylarimizga katta rahmat.
O‘zbekiston chempionati saviyasi ancha o‘sgan. Yil boshida oldimizga chempionlik vazifasi qo‘yildi va shunga harakat qildik. Chempionlik uchun jiddiy yondoshdik. Rahbariyat tomondan ham, homiylar tomonidan ham. Natija uchun va maqsadimizga erishish uchun ko‘proq harakat qildik.
Ikkinchi davrada "Paxtakor", "Navbahor" va OKMKni mag‘lub etganimiz chempionlik yo‘lidagi eng muhim qadamlar bo‘ldi.
To‘g‘ri O‘zbekistonda chempion bo‘ldik, ammo hali mavsum biz uchun "tugamadi". Yigitlarga tushuntiramiz, sababi biz OCHL2 musobaqasida guruhdan keyingi bosqichga chiqishga harakat qilamiz.
Chempion bo‘lganidan keyin bu tarkibni "oltin tarkib" deb bemalol ayta olamiz", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev Sport telekanaliga bergan intervyusida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»