20:15 / 03.11.2024
93

"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston va Eron safarda, BAA esa faqat uyida o‘ynaydi

"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston va Eron safarda, BAA esa faqat uyida o‘ynaydi
Hammaga ma’lumki, Jahon chempionati 3-saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi "A" guruhidan o‘rin olgan. Guruhimizda Eron, Qatar, BAA, KXDR va Qirg‘iz Respublikasi terma jamoalari joy egallagan.

Hozirda guruhda to‘plar nisbatiga ko‘ra Eron termasi peshqadam (10 ochko), shuncha ochkosi bor "oq bo‘rilar" esa ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni bilan Qatar va BAA band qilgan bo‘lsa, Kirg‘iz Respublikasi va KXDR so‘nggi o‘rinlarni band qilgan.

Katanes shogirdlari dastlab, 14 noyabr sanasida "Jassim Bin Hamada" stadionada Qatar bilan o‘ynasa, 19 noyabrda Laosda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan bellashadi.

Guruhimizda yetakchi bo‘lib turgan Eron termasida ham xuddi biz kabi ikki o‘yinni safarda o‘tkazadi. Forslar dastlab guruh autsayderi KXDR bilan (14) va Qirg‘iz Respublikasi bilan (19) kurashadi.

So‘ngi o‘yinida Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasiga kichik hisobda mag‘lub bo‘lgan BAA jamoasi Qirg‘iz Respublikasi va Qatar terma jamoalariga qarshi o‘yinni o‘z uyida qabul qiladi. Paulu Bentu shogirdlari 14 noyabr kuni Qirg‘iz termasiga qarshi to‘p suradi va undan keyin 19 noyabrda Qatarga qarshi maydonga chiqadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston va Eron safarda, BAA esa faqat uyida o‘ynaydi