
Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi FIDE jahon chempionatining 16 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi bahslarida Afruza Hamdamova muddatidan oldin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Afruza 10 ta partiyada 9,5 ochko to‘pladi (9 ta g‘alaba, 1 durang) va endi oxirgi turda qanday natija ko‘rsatishidan qat’i nazar, birorta raqibi unga yeta olmaydi.
Afruza o‘tgan yilgi FIDE jahon chempionatida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida ham muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi va jahon chempioniga aylangan O‘zbekistondagi ilk ayol shaxmatchi bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Afruza Hamdamova bugungi kunda Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinfida tahsil olmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar