Superligada 24-tur bahslari davom ettirildi. «Nasaf» jamoasi bu tur o‘z maydonida «So‘g‘diyona» klubini qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.
- O‘yin haqida ko‘p to‘xtalmoqchi emasman. Biz uchun asosiy voqea bugungi bayram edi. Oldimizdagi maqsadga erishganimizdan xursandmiz. Muxlislarimiz va o‘zimizning orzumizga erishdik. Bu tarixiy voqea bilan barcha muxlislarimizni, klub rahbariyatini, jamoamiz a’zolarini, mehnat qilgan va qo‘llab-quvvatlagan insonlarni tarixiy voqea bilan chin qalbimdan tabriklayman.
- Chempionlik bilan tabriklaymiz. Kelasi yil ham chempionlik kutamiz...
- Bu qashqadaryoliklar, "Nasaf" muxlislari uchun tarixiy voqea. Bu faxr, bu g‘urur. Bunday yutuqlar har doim ham bo‘lavermaydi. Juda xursandmiz. Bugungi o‘yinni hech kim eslamasa kerak. Ammo bugungi kun tarixiy kun, chempionlikni nishonlash sifatida uzoq yillar eslab qolinadi.
- «Nasaf» kelasi yili Elit chempionlar ligasida o‘ynaydi. Keyingi yilga qandaydir o‘zgarishlar kutsak bo‘ladimi?
- Bilasizlar, bu ham bizning bir yutug‘imizki, jamoaning darajasini, saviyasini ancha ko‘tarib oldik. Men shuncha yildan beri ushbu jamoa bilan birgaman. Qachon Kubokni yutarkanmiz yoki qachon xalqaro maydonda o‘ynarkanmiz, deb orzu qilardik. Hozirgi darajamizni ko‘rib ko‘pchilik xursand bo‘ladi va havas qilishadi. Shuning uchun bu darajamizni ushlab turishimiz kerak. Chunki biror mavqega chiqadigan bo‘lsak, bunga munosib bo‘lish lozim. Albatta, bu borada klubimiz ish olib boradi. Bunga imkoniyatimiz va sharoitimiz bor. O‘ylaymanki, oldimizga yanada yuqori maqsadlar qo‘yiladi.
- 4 ta Kubokni yutish og‘irroqmi yoki bir marta Superligani yutishmi?
- Chempion bo‘lish yoqimliroq. Chunki biz 7 ta Kubok yutganmiz. Lekin buni his qilish, muxlislar bilan nishonlash boshqacha ekan. Shu sababli endi faqat chempionlikka harakat qilishimiz kerak. Oldingizdagi maqsadga erishsangiz bundan yaxshiroq xursandchilik yo‘q. Tarixda birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdik. Juda xursandmiz. Buning qadri va xursandchiligi katta.
- Yoshi ulg‘aygan futbolchilarning taqdiri nima bo‘ladi?
- Bu – futbol. Buni tushunishimiz va to‘g‘ri qabul qilishimiz lozim. Qayerdadir tajribali o‘yinchilar kerak. Ammo jamoalar oldiga yoshartirish maqsadini ham qo‘yish mumkin. Buni chuqurroq o‘ylab, maslahatlashib, keyin qaror qabul qilamiz. Kimdir xizmat qilib, jamoamizga katta yordami tegib xayrlashgan taqdirimizda ham barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Keyingi yil bo‘yicha hali aniq muhokama qilinmagan.
- Qaysi chiziqlar sizni ko‘proq tashvishlantiryapti?
- Chiziqlarni qo‘ying, biz hozir chempionmiz (kuladi).
- «So‘g‘diyona» chempion jamoani ikkala uchrashuvda ham bir xil hisobda taslim etdi. Nasaf uchun So‘g‘diyona nimasi bilan noqulay raqib?
- Baribir o‘yin haqida gapirishga to‘g‘ri keldi. Ko‘rdinglar, biz raqibdan ancha ustun o‘ynadik. O‘yin mazmuni bo‘yicha ham. Ular gol urishdi, biz esa gol urolmadik. Birinchi davradagi uchrashuv takrorlangandek bo‘ldi. O‘shanda ham ustunlikka erishgandik. Lekin ba’zida bizga noqulay raqib bo‘ladi. «Al Husayn»ni ham ko‘rdinglar, jamoamizdan unchalik ustun emasdi. Lekin ikkala uchrashuvda ham yutqazdik. Bu – futbol. Shuning uchun bu narsani qabul qilishimiz lozim. Buni alohida muhim jihati yo‘q. Ko‘p jamoalarni ikkita o‘yinda ham yutganmiz. Qaysidir klub esa bizni 10 martalab ham yuta olmayapti. Bu statistika, bunga men qiziqmayman. Muhimi, natijaga erishdik. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Isroilga qurol sotishni to‘xtatish AQSH Senatida ko‘rib chiqiladi
Tadqiqot: iqlim o‘zgarishi to‘fonlar tezligini oshirmoqda
Kelgusi yildan o‘quvchilar o‘rtasida harbiy-sport musobaqalari o‘tkaziladi