date
views 88

Erling Holand APLda o‘ziga xos rekord o‘rnatdi

Erling Holand APLda o‘ziga xos rekord o‘rnatdi
Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Angliya Premer Ligasining 11-turidan o‘rin olgan “Brayton”ga qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Norvegiyalik hujumchining 23-daqiqada kiritgan goli u uchun tarixiy golga aylandi.

Holand APLdagi gollari sonini 75 taga yetkazib oldi. Buning uchun Erlingga 77 ta o‘yin kifoya qildi va bu natija rekord hisoblanadi (eng tez 75 ta gol urgan futbolchiga aylandi). Joriy mavsumda forvard chempionatning 11 ta o‘yinida 12 ta golga mualliflik qildi.

Qayd etib o‘tish kerak, “shaharliklar” “Brayton”ga qarshi bahsda 1:0 hisobida oldinda borgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda raqiblar 2 marta darvozani ishg‘ol etib, g‘alabani ilib ketdi. Xosep Gvardiola jamoasi esa ketma-ket 4-o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Erling Holand APLda o‘ziga xos rekord o‘rnatdi