22:20 / 11.11.2024
21

Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?

Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni, britaniyalik Lourens Okoli og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri WBC, WBA va WBO yo‘nalishida kamarlar sohibi Aleksandr Usik bilan revansh jangida g‘alaba qozonishi uchun nima kerakligini aytdi.

"Fyuri bor e’tiborini oldingi oyog‘iga qaratishi va ringning markazida Usik bilan uchrashishi lozim. Agar Usik yaqinlashsa, u javoban oldinga siljishi kerak. Tayson Usik bilan xuddi Uaylder bilan kurashgandek ishlashi zarur. U Usikni yo‘q qilish fikri bilan jangga kirishi shart", - deya Okoliye so‘zlarini keltirdi "DAZN".

Eslatib o‘tamiz, Usik (22-0, 14 KO) va Fyuri (34-1-1, 24 KO) o‘rtasidagi revansh 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Ularning 2024 yil may oyida bo‘lib o‘tgan birinchi qarama-qarshiligi Usikning ochkolar evaziga g‘alaba qozonishi bilan yakunlangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?