
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti murabbiylik faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan eng katta xatosi qaysi ekanini aytib o‘tdi.
- “Real”dagi dastlabki mavsumdan keyin klub rahbariyati men bilan shartnomani uzaytirishni istagan edi. Men esa, maoshimni oshirishga ko‘proq urg‘u berdim va shuni talab qildim.
Oqibatda klub muzokaralarni to‘xtatdi. Bu men faoliyatim davomida yo‘l qo‘ygan eng katta xato edi. Lekin bu menga katta dars bo‘lgandi, - dedi Karlo Anchelotti.
Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti “Real”ni ilk bor 2013 yili qabul qilib olgan va uni 2015 yilgacha shug‘ullantirgan.
Keyinchalik “Qirollik klubi” italiyalik mutaxassisni yana ishga oldi. Bu gal tajribali murabbiy 2021 yildan beri jamoani boshqarib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha davom etadi.
Real Bosh MurabbiyiKarlo AnchelottiKatta XatoMavsumdan KeyinShartnoma UzaytirdiDars Bo‘lgandi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing