
Germaniya terma jamoasi JCh-2018 saralash bosqichi ikkinchi turida Chexiyani o‘z maydonida qabul qildi va yirik hisobda g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvda 3:0 hisobi qayd etildi. Germaniya terma jamoasi tarkibida Tomas Myuller dublga erishgan bo‘lsa, Toni Kroos bitta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Germaniya – Chexiya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 13 Myuller, 2:0 – 49 Kroos, 3:0 – 65 Myuller.
Germaniya – Noyer, Boateng, Xektor (Xevedes, 68), Xummels, Kimmix, Xedira, Kroos (Gyundogan, 76), O‘zil, Draksler (Brandt, 80), Getse, Myuller.
Chexiya – Vaslik, Sivok, Novak, Suxi, Kaderjabek, Petrjela (Skalak, 69), Pavelka (Droppa, 63), Dochkal, Gorshava, Kreychi, Vidra (Kadles, 76).
Ogohlantirishlar: Kaderjabek (19), Pavelka (54).
Manba: www.fut.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar