12:39 / 18.11.2024
23

Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi turnirda qancha ishlab topdi?

Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi turnirda qancha ishlab topdi?
Foto: Tata Chess
Hindistonning Kalkutta shahri mezbonlik qilgan Tata Steel Chess India turniri o‘z yakuniga yetdi.

Oltinchi bor o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqaning mukofot jamg‘armasi 41 500 AQSH dollarini tashkil etdi. Dastlab rapid bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov (2742) ham bosh sovrin uchun bahs olib bordi.

Natijalarga ko‘ra, Magnus Karlsen birinchi o‘rinni oldi va 10 ming dollar pul mukofotiga ega bo‘ldi. Nodirbek Abdusattorov esa 5 ochko bilan 4-o‘rinni egalladi va 2 ming dollar pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Foto: Chess
Kecha, 17 noyabr kuni blis bahslari yakunlandi. Bu yo‘nalishida ham Karlsenga teng keladigan shaxmatchi topilmadi. Norvegiyalik shaxmatchi 18 imkoniyatdan 13 ochko to‘plab, musobaqa g‘olibiga aylandi. Qiziqarlisi, rapid va blis yo‘nalishlarida Nodirbek Abdusattorov chempionga yengilmadi. Abdusattorov 8 ochko bilan 7-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, Nodirbek 250 dollarga ega bo‘ldi.

Shunday qilib, rapid yo‘nalishida 4-o‘rin va blis yo‘nalishida 7-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik shaxmatchi umumiy 2250 AQSH dollari pul mukofotiga ega chiqdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nodirbek Abdusattorov Hindistondagi turnirda qancha ishlab topdi?