Jahon sportining tirik afsonasi Sergey Bubka O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurdi.
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi ijroiya qo‘mitasi a’zosi, Butunjahon yengil atletika federasiyasi vise-prezidenti hamda Ukraina Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Sergey Bubka O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Sergey Nazarovich Bubka — langarcho‘p bilan sakrash bo‘yicha taniqli sportchi, 6 metrdan balandroqqa sakragan birinchi inson, 1988 yilgi Olimpiya o‘yinlari chempioni, olti karra jahon chempioni (1983, 1987, 1991, 1993, 1995, 1997). Faoliyati davomida 35 marotaba jahon rekordlarini o‘rnatgan.
MOQ matbuot xizmatining xabar qilishicha, Sergey Bubka Milliy olimpiya qo‘mitasi binosiga Osiyo yengil atletika federasiyasi vise-prezidenti Aleksey Kondrat hamda O‘zbekiston yengil atletika federasiyasining bosh kotibi Evgeniy Nujdin hamrohligida tashrif buyurdi.
Martabali mehmon MOQning yangi binosi, kichik muzey va Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini ko‘zdan kechirdi. Shundan so‘ng ikkala tomon o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unda O‘zbekiston va Ukraina Milliy olimpiya qo‘mitalari sportchilarni tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish, sport tibbiyoti masalalarida tajriba almashish masalalari o‘rin olgan.
Muzokaralar chog‘ida Sergey Bubka va Aleksey Kondrat O‘zbekistonda yengil atletika bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqani o‘tkazish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Sergey Bubka O‘zbekistonda sport sohasida olib borilayotgan siyosatga yuqori baho berib, mamlakat sportchilarining XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida erishgan natijalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Mehmon Rio-de-Janeyroda qo‘lga kiritilgan bu muvafaqiyatlar zamirida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xizmatlari ulkan ekanini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Sergey Bubka bunga qadar 2014 yilning bahorida O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Germaniya yil oxirigacha Ukrainaga yana ikkita IRIS-T havo mudofaa tizimini yetkazib beradi