13:16 / 23.11.2024
6

Mongoliya poytaxtida o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

Mongoliya poytaxtida o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi
Joriy yilning dekabr oyida Mongoliya poytaxti Ulan-Bator shahrida o‘zbek kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi IX jahon chempionati hamda faxriylar o‘rtasidagi III jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi kuni kecha mazkur jahon chempionatida ishtirok etadigan milliy terma jamoalarni ro‘yxatga olish muddati yakunlanganini e’lon qildi.

Xalqaro kurash assotsiatsiyasiga yo‘llangan talabnomalarga ko‘ra, Mongoliya poytaxtida o‘tadigan jahon chempionatida 30 dan ziyod davlatning 400 nafardan ortiq sportchilari bellashuvlarda ishtirok etadi.

Mazkur jahon chempionati doirasida Ulan-Batorda kurashni yanada rivojlantirish maqsadida murabbiy va hakamlar uchun seminarlar, Xalqaro kurash assotsiatsiyasining bir qator kengaytirilgan yig‘ilishlari, turli brifing va ko‘rgazmalar tashkil etilishi belgilangan.

Jahon chempionati nizomiga muvofiq, joriy yil 2-dekabrdan bellashuvlarga start beriladi.

Ayni kunlarda Mongoliyada o‘tadigan kurash musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish borasida Ulan-Batorda Xalqaro kurash assotsiatsiyasining ishchi guruhi o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Ushbu jahon chempionatida vatanimiz sharafini himoya qilishga hozirlanayotgan kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari, murabbiylar Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mongoliya poytaxtida o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi